Bugun tuman FVB, tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamkorligida 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" tadbirlari doirasida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda ob’yektlarda favqulodda vaziyatlar yoki yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartibi bo‘yicha amaliy mashq va mashg‘ulotlar namoyish etildi. Tumanda Kuz-qish mavsumi davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar davom etmoqda.