Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM" RESPUBLIKA TANLOVINING TOSHLOQ TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI.

×

 2022-11-24 09:21:05    326

PDF yuklash
Chop etish


   Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 22-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan san’at,  madaniyat, badiiy ijod kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan tashabbuskor va fidoiy talaba yoshlar o‘rtasida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika tanlovining Toshloq tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdilar:

• Tasviriy va amaliy san’at

• Adabiyot va publisistika(nazm, nasr, va publisistika materiallari)• Milliy maqom va milliy estrada.
   

Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.