Byuro tashabbusi bilan Toshloqda yarashgan oilalar soni ortmoqda.
×
2022-11-24 09:25:58 270
PDF yuklash
Chop etish
Oila azal-azaldan muqaddas qo‘rg‘on sanalgan. Inson oilada dunyoga keladi, ulg‘ayib kamol topadi. Eng avvalo oila mustahkam, tinch bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘ladi, unib o‘sayotgan farzandlar har tomonlama barkamol bo‘lishiga imkon yaratiladi. Byuroning Toshloq tumani bo‘limi tomonidan aliment undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha "Dolzarb haftalik" tadbirida olib borilayotgan majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi va qarzdorlar bilan suhbat asnosida tushuntirishlar sabab, joriy yilning 21 noyabr kuni o‘nlab oilalarni yarashtirilishiga erishildi.Xususan, FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining qaroriga asosan 2 nafar farzandiga aliment to‘lashi lozim bo‘lgan, lekin moddiy ta’minlashdan qochib yurgan qarzdor K.E. ushlanib, 22.11.2022 yil kuni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47.4-moddasi bilan javobgarlikka tortish maqsadida sudga taqdim qilingan vaqtda farzandlari yodiga tushib, undiruvchi bilan yarashdi va oilani tikladi. MIB TOSHLOQ TUMAN BO‘LIMI.