Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

×

 2022-11-25 11:07:50    193

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi Toshloq tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Abdullayev, tuman hokimining maslahatchisi M.Qoraboyeva, Ma’naviyat va ma’rifat tuman markazi yetakchi mutaxassisi M.Mahmudov hamda B.Marg‘iloniy masjidi imom-xatibi I.To‘ychiyevlar ishtirok etdilar.  Qumariq MFYdagi 1-sonli kasb-hunar maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi yig‘ilishda o‘quvchi yoshlar qatnashdi.        Unda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash,  yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, missionerlikni oldini olish va voyaga yetmaganlarni noqonuniy ravishda Misr AR. va Turkiya davlatlariga noqonuniy ravishda chiqib ketishlariga qarshi kurashish, o‘zga yurtlarda voyaga yetmagan yoshlarni achchiq qismatlari haqida va missionerlikni oldini olish, o‘quvchilarning kiyinish madaniyati kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.
       Shuningdek so‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, dinimizga zid bo‘lgan yot qarashlar, ekstremistik va terroristik oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
  Tadbirda “Soxta da’volar” nomli video film namoyish etildi.