Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HOKIM YORDAMCHISI: AHOLI XIZMATIGA KAMARBASTA

×

 2022-11-25 11:14:57    336

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari hududlarda mahalla raislari bilan yelkadosh, aholining esa og‘irini yengil  qilmoqdalar.         Ikromjon Mamajonov tumandagi Farog‘at mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan kundan boshlab faoliyatiga qizg‘in kirishib ketdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilanganligini inobatga olib mahalladagi muammolarni aniqlab ularni hal qilish, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilma holatini yaxshilash, hududni obodonlashtirish, tadbirkorlik  yoki  oila daromadini oshiruvchi boshqa foydali mehnatni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tiborini qaratib kelmoqda.

Hokim yordamchisining bevosita tashabbusi hamda ishtirokida xonadonma-xonadon yurib o‘rganish natijasida  mahalla aholisining soni 3282 nafar bo‘lib, 582 xonadon va 962 ta oilalardan tashkil topganligi ro‘yxatga olindi. Ishsizlar 11 nafar, nogironlar 80, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 60 nafardan iborat ekanligi  aniqlandi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar 36 nafar, shundan 3 tasi hunarmand, 33 tasi xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida band. 
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yil uchun imtiyozli kredit rejasi 462 million so‘m etib belgilangan. Kreditlar parrandachilik, tikuvchilik, hunarmandchilik yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun jalb etilmoqda. 
       Hokim yordamchisi mahalla xodimlarini ham birlashtirib, ular bilan hamkorlikda ish olib borishni tashkil eta oldi. U har bir masalani  hal qilish yoki biron- bir muammoni o‘rganish bilan uning yechimini tez va sifatli hamda talablar darajasida hal etishda xodimlar tajribasiga tayanadi. 
       Jumladan “Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi 3 nafar fuqarolarga 100 kg bug‘doy mahsuloti va tuman xokimligi tomonidan tikuv mashinasi taqdim etilib o‘zining bandligi ta’minlandi. Xokim yordamchisi tomonidan oilaviy tadbirkorlik dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha  22 nafar ishsiz fuqarolarga tavsiyanomalar berilib imtiyozli kreditlar ajratildi va bandligi ta’minlandi. Kasb-xunarga o‘qitish bo‘yicha 66 nafar fuqarolar o‘quv kurslariga yo‘naltirildi.