Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HECh KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHYeTDA QOLMAYDI

×

 2022-11-28 10:55:06    281

PDF yuklash
Chop etish


3 dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshloq tumanidagi “Qasr” to‘yxonasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
     Sana munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida so‘zga chiqqan tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev so‘nggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan g‘amo‘rliklar ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun xizmat qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
    Toshloq tumanida 3110 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan inson yashamoqda. Ularning 664 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.
    Joriy yilning o‘tgan davrida kattalar uchun 77 ta, bolalar uchun 10 ta nogironlik aravachasi berildi. 10 ta qo‘ltiq tayoq, 24 ta eshitish moslamasi, shuningdek, ko‘plab boshqa texnik vositalar topshirildi. Shuningdek, Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan nogironligi bo‘lgan, qo‘shimcha davolanishga muxtoj 150 nafar fuqaroga sog‘ligini tiklash uchun moliyaviy yordam ko‘rsatildi. “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida o‘tgan tadbirda bayram tabriklari, san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz kiritdi. Tumanimizda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan, nogiron fuqarolarning 150 nafari tuman hokimining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.