Bugun Axshak MFY hududida joylashgan 29-sonli DMTTda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim muassasalarining xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raislari, 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hodimlari ishtirokida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish maqsadida “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Shuningdek, 1-sektor hududida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova, tuman IIB xotin -qizlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha katta inspektori N.Alijonova, "Oqila ayollar harakati" a’zolari hamda mahalla xotin-qizlar faollari bilan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirokida "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun", “Oila muqaddas dargoh" mavzularida davra suhbati va psixologik trening o‘tkazildi. Trening davomida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 25 noyabr-“Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni”ga bag‘ishlangan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" tadbirlarini mahallalarda xotin-qizlar ishtirokida keng miqyosda davom ettirishga kelishib olindi.