ALIMENT TO‘LASHDAN QOCHIB YURGAN QARZDOR TOPILDI VA QAMALDI
×
2022-12-02 08:49:56 196
PDF yuklash
Chop etish
Majburiy ijro byurosi Toshloq tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 22.07.2016 yilgi qaroriga ko‘ra qarzdor X.Sh.dan undiruvchi E.F. foydasiga 2 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor X.Sh. aliment qarzini to‘lashi lozimligi haqida bir necha marta ogohlantirilgan. Lekin, qarzdor yashash manzilini o‘zgartirganligi sababli, 22.11.2022 yilda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor X.Sh. aniqlanib topilgan va 01.12.2022 yil kuni byuroning Toshloq tumani bo‘limiga topshirilgan. 2022 yilning 1 dekabr kuni qarzdor X.Sh.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar JIB Toshloq tumani sudida ko‘rildi va qarzdor 7.070.112 so‘m aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagani sababli, unga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.