Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQARO NOGIRONLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2022-12-02 18:26:19    319

PDF yuklash
Chop etish


   Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilayotgani, buni muhtaram Prezidentimiz tomonidan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonning imzolangani misolida ham ko‘rish mumkin.
     Sana munosabati bilan Toshloq tumanida ham tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bayram tadbirlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga yuksak e’tibor va hurmat ko‘rsatilmoqda.
    Bugun tumandagi 15-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev hamda tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganovlar qatnashdi. Tuman hokimi so‘nggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun xizmat qilayotganini alohida ta’kidlab, shu maqsadda uy-joylar, turli reabilitasiya texnik vositalari bilan ta’minlanayotgani, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlanayotganini aytib o‘tdi.   
     Ushbu maskanda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib, tarbiyalanayotgan bolalarga barcha shart – sharoitlar yaratib berilmoqda,-deydi muassasa direktori Kamolatxon Tursunova. – Muassasamizda nutqida nuqsoni bor, zaif eshituvchi, tayanch harakat a’zosida nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiya oladilar. Bolajonlar uchun guruhlarda, hususan, yotoqxonada, mashg‘ulot xonalarida hamda oshxonada barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.