Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHYeTDA QOLMAYDI

×

 2022-12-02 18:39:47    202

PDF yuklash
Chop etish


    Respublikamizda har yili 3 dekabr – «Xalqaro nogironlar kuni» sifatida keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol namunasidir. Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.  
   Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarda nogironlar va boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini ta’minlashdan iboratdir. 
    Sana munosabati bilan Toshloq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga nogironlik moslamalari topshirildi. Tuman hokimligida o‘tkazilgan xayriya tadbirida 8 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga nogironlik aravachasi va 3 turdagi reabilitasiya moslamalari berildi.
    Tadbirda tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash borasidagi e’tibor va mehr-muruvvat tadbirlari kelgusida ham muntazam davom etishini ta’kidlab o‘tdi.