Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI

×

 2022-12-06 16:33:59    197

PDF yuklash
Chop etish


 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yil 8 noyabr kuni “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagan.
Farmonga ko‘ra, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash, Yangi O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bugun Toshloq tumani hokimligi katta majlislar zalida ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgan bir guruh faollarga ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi. 
Tadbirni tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev tabrik so‘zi bilan ochib, xalqimiz ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitusiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini alohida e’tirof etib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar mukofot sohiblarini samimiy qutlab, yurt taraqqiyoti, viloyat va tumanimiz rivoji yo‘lidagi kelgusi ishlarida ularga yanada ulkan zafarlar tiladi. 
O‘z o‘rnida, esdalik nishoni sohiblari ham ushbu e’tirof mas’uliyat, xalqning rizoligi yo‘lida yanada fidokorona mehnat qilishga undashini ta’kidladilar.