TOSHLOQDA FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.
×
2022-12-07 12:24:38 236
PDF yuklash
Chop etish
Kuni-kecha Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Toshloq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi, zamonaviy qiyofaga ega binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bunda qutqaruvchilar jismonan baquvvat va sog‘lom bo‘lishlari, kasb mahoratlarini, ma’naviy bilimlarini yanada oshirib borishlari uchun yotoqxona, oshxona, sinfxona, yuvinishxonasi, ma’naviyat va ma’rifatxonasi hamda sport maydonchasi mujassamdir. Ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimi polkovnik B.Abduraximov, Farg‘ona harbiy prokurori polkovnik Sh. Saidov, Farg‘ona viloyati hokiminining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari X.Isoqov, tuman hokimi A.Djurabayev hamda sektor rahbarlari, nafaqadagi mehnat fahriylari, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Tadbirda, Toshloq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlariga yangi qurilgan bino bilan bir qatorda, zamonaviy maxsus texnika hamda xizmat uyi ham foydalanishga topshirildi.