O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING TOSHLOQ TUMANI XALQ QABULXONASIDA TUMAN HOKIMI A.DJURABAYeVNING NAVBATDAGI QABULI O‘TKAZILDI.
×
2022-12-07 12:28:39 202
PDF yuklash
Chop etish
Unda 35 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 15 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 1 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari ajratilib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 9 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek qabul so‘ngida tuman hokimi kunlik va sayyor qabullar davomida qabul qilingan murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasini ham muhokama qildi. Belgilangan muddatda ijro etmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq bo‘lgan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.