Xalq dardi bilan yashash, talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish nafaqat fuqarolarning turmush tarzini ijobiy tomonga o‘zgartiradi, balki kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolarning ham oldini oladi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda 40 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Fuqarolarning moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, sog‘lig‘ini tiklash, uy-joylarini hujjatlashtirish, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, pensiya masalalari bo‘yicha qilgan murojaatlari tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘rganildi va qonun doirasida hal etilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.