Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

×

 2022-12-14 19:29:39    122

PDF yuklash
Chop etish


Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida soha ilg‘orlari, faxriylar, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi klasterlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
  Tantanada so‘zga chiqqanlar qishloq xo‘jaligi mirishkorlarini bayram bilan samimiy qutladilar. Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov hamda tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayevlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda faol ishtirok etayotgan toshloqlik dehqonlar, mirishkor g‘allakor, bog‘bonu soxibkorlar, ilg‘or pillakorlar, fermer, tomorqa xo‘jaligi fidoiylarini, klasterlar vakillarini samimiy muborakbod etdilar.
    Tadbirda ta’kidlandiki, joriy qishloq xo‘jaligi yilida Toshloq tumanida paxta, g‘alla va pilla yetishtirish shartnomaviy rejalari birinchilardan bo‘lib bajarildi. Albatta, qishloq xo‘jaligida yuqori marralarni zabt etishda tumanimizdagi mirishkor dehqon va fermerlarning mehnati va xizmatlari kattadir.
    Bayram tadbirida qishloq xo‘jaligida fidoyilik bilan samarali mehnat qilib kelayotgan soha vakillari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.
     Bayram tadbiri davomida, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarning ko‘ngliga bayramona kayfiyat ulashdi.