“TASHABBUSLI BYUDJET”: 9-UMUMTA’LIM MAKTABIDAGI ISITISH TIZIMINI YAXSHILASH UCHUN 900 MLN SO‘M MABLAGʻ AJRATILDI.
×
2022-12-15 17:09:59 188
PDF yuklash
Chop etish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5250-sonli qaroriga asosan "Tashabbusli buyudjet" jarayonining 2-bosqichi davomida fuqarolar tomonidan 153 ta takliflar ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan. 153 ta tashabbuslar uchun jami 50 973 ta ovoz kelib tushgan bo‘lib, natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan qiymati 4 750 million so‘mlik 6 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2 mingtadan ortiq ovoz to‘plagan barcha loyihalar g‘olib deb topilgani munosabati bilan yana 4 ta loyiha g‘oliblar qatoriga kiritildi. Tumandagi 9-umumta’lim maktab jamoasi ham "Tashabbusli buyudjet"ning ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etib, g‘olib deb topilgan. Loyiha doirasida maktabning asosiy muammolaridan biri bo‘lgan isitish tizimi yangi tarmoq bilan ta’minlanmoqda. Ayni kunlarda isitish tizimini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Maktabdagi sinfxonalar, sport zal va boshqa xonalar zamonaviy, tejamkor isitish tizimiga ulanmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgach, maktab binosi to‘liq isitish tizimi bilan ta’minlanadi.