Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TUMANDAGI 19, 28-DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JORIY TA’MIRLASH ISHLAR BAJARILMOQDA.

×

 2022-12-18 17:58:20    136

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya olayotgan bolajonlarga barcha qulayliklarni yaratib berish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanda keyingi yillarda ta’mir talab darajasiga kelib qolgan bir nechta bog‘chalarga yetarli mablag‘lar ajratilib, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Bundan tashqari zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan binolar to‘liq jihozlar bilan ta’minlanib, tarbiyalanuvchilar ihtiyoriga topshirilmoqda.
       Ayni kunlarda tumandagi 19- hamda 28-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy ta’mirlash ishlari jadal olib borilmoqda. Guzarboshi MFY hududida joylashgan 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining joriy ta’mirlash uchun mahalliy byudjet hisobidan 591 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini “Shuhrat qurilish ta’mir” hususiy korxonasi tomonidan tez va sifatli olib borilmoqda. Qurilish jarayonida bog‘chada yozgi ayvonchalar, ichki yo‘laklar, binoning fasad qismi, issiqlik tizimi, ichimlik suvi, guruhxonalarini pol qismi, binoning eshik va romlari hamda elektr energiya tizimi joriy ta’mirdan chiqariladi. 
      28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy ta’mirlash uchun Mahalliy byudjetdan 655 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. “Fragranse trade servis” MCHJ tomonidan  bog‘chaning fasad qismi, issiqlik tizimi, ichimlik suvi, eshik va romlari joriy ta’mirlanadi