Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayevning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bugun barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasiga aylanib ulgurdi. Zero, har bir murojaat ortida inson huquqi, uning manfaatlari yotadi. Tuman hokimi qabulida ham ushbu vazifaga alohida e’tibor bilan qaraldi. Qabulda 15 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 5 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 1 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsuloti ajratildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 2 tasi nazoratga olindi. 2 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.