BUGUN 34 NAFAR AYOLLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINASI BERILDI
×
2022-12-22 13:04:05 509
PDF yuklash
Chop etish
Toshloq tumani hokimligida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligining mablag‘lari hisobidan tumandagi 34 nafar kam ta’minlangan, ishsiz ayollarga o‘z tadbirkorligini boshlashi hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. Ayollarga subsidiya asosida eng so‘nggi rusumdagi tikuv mashinalarini tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev hamda sektor rahbarlari topshirdilar.