TOSHLOQ TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTIDAGI NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILMOQDA
×
2022-12-23 13:02:09 180
PDF yuklash
Chop etish
Hozirgi kunda aholi o‘rtasida elektr energiya iste’moli keskin oshib ketganligi bois, joylarda elektr tarmoqlarida nosozliklar kelib chiqmoqda. Tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish maqsadida maxsus avtotransport vositalari hamda zarur elektr qurilmalari yordamida mutaxassislar jalb etilmoqda. Bugun Furqat, Xo‘jaariq hamda Qo‘rg‘oncha MFY hududlarida elektr uzatish tarmog‘ida favqulotda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar tezkor chiqish brigadalari tomonidan bartaraf etish ishlari bajarildi. Eslatib o‘tamiz: Aholi murojaatlari bo‘yicha tuman elektr ta’minoti korxonasida quyidagi telefon raqamlar tunu kun xizmat ko‘rsatmoqda. (95) 200-22-16, (90) 535-55-92, (91) 650-20-20, (73) 238-22-16, 238-21-16, (95)-402-13-48 (dispetcher)