Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


NAVBATDAGI CHYeMPIONLAR MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

×

 2022-12-24 16:41:26    138

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar berganimizdek joriy yilning 16-21 dekabr kunlari Buxoro shahrida sportning “Turon” yakkakurashi bo‘yicha 2007-2008 va 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Pokiston davlatlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar o‘rtasida “Osiyo kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi. Quvonarlisi ushbu musobaqalarda Toshloqlik sportchilar Farg‘ona viloyati sharafini munosib himoya qilishib, musobaqada ishtirok etgan-  Gʻulomqodirov Muhammadaziz Farxodjon o‘g‘li 1-o‘rin-  Ergashev Muhammadyusuf Avazbek o‘g‘li 2-o‘rin-  Abduhamidov Abduvohid Abdurashid o‘g‘li 3-o‘rinni qo‘lga kiritib g‘olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.
       Bugun 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida musobaqa ishtirokchilari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.  Tadbirda  tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari D.Yuldashevlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov musobaqada ishtirok etgan sportchilar va ularning ota-onalarini ushbu g‘alaba bilan muborakbod etib, sportchilarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alarini topshirdi.