Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BAYRAM ARAFASIDA YANGI BOGʻCHA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-12-29 18:34:04    141

PDF yuklash
Chop etish


Yangi yil bayrami arafasida Toshloq tumani “Varzak” mahallasidagi 5-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.        Ta’lim muassasasining tantanali tarzda tashkil etilgan ochilish marosimida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev va sektor rahbarlari, soha xodimlari, usta quruvchilar hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etishdi. Tuman hokimi yangi foydalanishga topshirilgan bog‘cha barcha sharoitlarga ega bo‘lib, muassasa bolajonlarimizning sifatli boshlang‘ich bilim olishlari, har tomonlama sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.       Tadbir ishtirokchilari binoda bolajonlarga muhayyo etilgan shart-sharoitlar bilan tanishar ekan, bu yerda yosh avlod uchun barcha qulayliklar yaratilganiga guvoh bo‘lishdi.
     Muassasa o‘z bag‘rida 180 nafar bolajonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega. Investisiya dasturi asosida Davlat byudjetidan 4 253 800 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan holda bino va inshootlar yangidan qurildi. O‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa zallari zamonaviy jihozlandi.
    Tadbir so‘ngida tarbiyalanayotgan bolajonlarga Yangi yil bayram sovg‘alari topshirildi.