VILOYAT HOKIMINING YANGI YIL BAYRAM TABRIGI VA SOVGʻALARI O‘Z EGALARIGA TOPSHIRILDI
×
2022-12-29 18:38:51 227
PDF yuklash
Chop etish
Yangi yil bayrami munosabati bilan uzoq yillar mobaynida turli sohalarda o‘zining mashaqqatli mehnatlari bilan tumanning ijtimoiy hayotiga munosib hissasini qo‘shgan nuroniylar va mehnat faxriylari xolidan xabar olindi. Bugun tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari tumanimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Odiljon Zokirov hamda Fayzullo Eminovlarning xonadonlariga tashrif buyurdilar. Ularga viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Yangi yil tabriklarini o‘qib eshittirishdi hamda bayram sovg‘alarini taqdim etdilar. O‘z navbatida bunday yuksak e’tibordan mamnun bo‘lgan faxriylar yurtimiz tinchligi uchun duoga qo‘l ochdilar