BAYRAM MUNOSABATI BILAN EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
×
2022-12-29 18:43:17 223
PDF yuklash
Chop etish
Yurtimizda bayram arafalarida kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj va yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularni ko‘nglini ko‘tarish hamda ularga har tomonlama yordamlar ko‘rsatish xalqimizga xos an’analardan biri desak xato bo‘lmaydi. Shu kunlarda e’tiborga muhtoj yurtdoshlarimizni ko‘nglini ko‘tarish va bayram bilan tabriklash maqsadida Toshloq tumanining barcha mahallalarida sahovat tadbirlari tashkil etilmoqda. Toshloq tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari Yangi yil bayrami munosabati bilan muhtoj hamda nogiron farzandi bor oilalar xolidan xabar oldilar. Ularga bayram sovg‘alarini topshirdilar.