Yangi yil bayrami shodiyonalari Toshloq tumanidagi “Amira Textile” korxonasida ham koʻtarinki ruhda nishonlandi. Bugungi kunda tekstil va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ushbu korxonada 300 nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilib kelmoqdalar. Yangi yil bayramini munosib kutib olish maqsadida mehnat jamoasi uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari ishtirok etib, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdilar. Korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga yaratilayotgan qulay sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtdilar. Bayram tadbirida korxona aʼzolariga Yangi yil sovgʻalari topshirildi.