OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI AKADEMIYASIDA HOKIM YORDAMCHILARINING FAOLIYATI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALARIGA BAGʻISHLANGAN ANJUMAN BOʻLIB OʻTDI
×
2022-12-30 17:53:58 220
PDF yuklash
Chop etish
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va shu orqali kambagʻallikni qisqartirish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir mahallada “hokim yordamchisi” lavozimi joriy etildi. Anjumanda hokim yordamchilarining faoliyati va istiqboldagi vazifalar muhokama etilib, joriy yil davomidagi faoliyati natijadorligiga baho berildi. Toʻplangan tajribalar va tizimni takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi. Poytaxtimizda oʻtkazilgan anjumanda Toshloq tumanidagi Oʻzbekiston MFY hokim yordamchisi Ziyoda Xalilova ham ishtirok etdi. Ushbu anjumanda xalqaro ekspertlar, vazirliklar, idoralar, banklar, mahalliy hokimliklar, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etdilar,-deydi hokim yordamchisi Z.Xalilova.- Unda hokim yordamchilarining “mahallabay” ishlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va muammolar hamda “mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Ikki kun boʻlib oʻtgan anjumanda tajriba almashdim, aholi bandlikni taʼminlash borasida kerakli tavsiyalar oldim.