YANGI YIL BAYRAMI ARAFASIDA 37 NAFAR AYOLLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINASI BERILDI
×
2022-12-30 17:56:47 191
PDF yuklash
Chop etish
Mamlakatimizda Yangi yil shukuhi kezib yurgan ayni pallada Toshloq tumanida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligining mablagʻlari hisobidan 37 nafar kam taʼminlangan, ishsiz ayollarga oʻz tadbirkorligini boshlashi hamda ularning bandligini taʼminlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. Ayollarga subsidiya asosida eng soʻnggi rusumdagi tikuv mashinalarini tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev hamda tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganovlar tantanali ravishda topshirdilar.