Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YANGI YIL BAYRAM TADBIRI BOLAJONLARGA QUVONCH BAXSH ETMOQDA

×

 2022-12-30 18:00:15    184

PDF yuklash
Chop etish


Yangi yil – barcha uchun yoqimli va quvonchli bayramdir. Bu bayramni, ayniqsa, bolajonlar intiqlik bilan kutib, “Yangi yil moʻjizasi”ni orzu qiladi hamda bu ularning hayolida deyarli gʻaroyib va sarguzashtlarga boy eng quvnoq bayramlardan biri hisoblanadi.
        Ayni yangi yil bayrami arafasida, Yuqoriqishloq mahalla fuqarolar yigʻini hududida faoliyat yuritayotgan “Yosh yetakchilar” Davlat hususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
    Bolajonlarga bir olam quvonch ulashish maqsadida ushbu shodiyona kechaga Qorbobo, Qorqiz va sevimli multfilm qahramonlari tashrif buyurdi. Bolajonlar uchun ayniqsa, sevimli ertak qahramonlari bilan birgalikda boʻlib oʻtgan Yangi yil bayrami oʻzgacha taassurotlarga boy boʻldi. Tadbirda yangragan jozibali kuy-qoʻshiq va raqslar, ertak qahramonlari ishtirokidagi qiziqarli sahna asarlari bolalarga bir olam quvonch ulashdi.
      Yangi yil bayrami kechasida bolajonlarga Qorbobo va Qorqiz tomonidan bayram sovgʻalari topshirildi.