Yangi yil bayrami arafasida Toshloq tumani hokimi Abduqaxxor Djurabayev hamda tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganovlar tumandagi yagona boquvchilari xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz oilalari hamda muhtoj oilalar xonadonlarida boʻlib, xolidan xabar olmoqdalar. Bugun Xonaqa, Obisiyo, Doʻstlik, Sadda hamda Qoʻrgʻoncha MFYlarda boquvchilari xorijda mehnat qilayotgan ehtiyojmand oilalar hamda nuroniylarning xonadonlarida boʻlib, Yangi yil sovgʻalari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda bir martalik moddiy yordam mablagʻlari topshirildi.