Toshloqda yangi yil shukuhi. Ayniqsa, oqshom paytida tuman boʻylab sayr qilsangiz, koʻcha chiroqlari, bayramona bezatilgan joylar va bosh archa atrofida yurgan kishilarni koʻrib dilingiz yayraydi. Tuman markaziga 2 dona bosh archa oʻrnatildi. Bu joylar odamlar bilan toʻla, markazga oʻrnatilgan sahnada sanʼatkorlar tomonidan har kecha konsert dasturlari oʻtkazilmoqda. Ayni kunlarda Yangi yil archalari atrofida teatrlashtirilgan bayram tomoshalari, konsert dasturlari namoyish etilib toshloqliklarga bayramona kayfiyat ulashilmoqda.