XOTIN-QIZLAR FAOLLARIGA ZAMONAVIY PLANSHYeTLAR TOPSHIRILDI
×
2023-01-04 18:03:07 197
PDF yuklash
Chop etish
Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan “oilabay” ishlash, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning soni va sifatini oshirish maqsadida “Mahallada ijtimoiy xizmat moduli”ni joriy etish bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berilgan. Bugun Toshloq tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xotin-qizlar faollari “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli o‘rnatilgan planshetlar bilan ta’minlandilar. Ushbu planshetlar xotin-qizlar faollariga mahallalarda “oilabay” tizimini yuritishda, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarni bazalarga kiritishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.