YUQORI QISHLOQ MAHALLASIDAGI XUSNIOBOD AYA ABDUVALIYeVAGA NOGIRONLIK ARAVACHASI TOPSHIRILDI
×
2023-01-04 18:06:09 190
PDF yuklash
Chop etish
Toshloq tuman hokimligi tashabbusi bilan mahallalarda ehtiyojmand va nogironligi bor oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Bugun tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov, deputat T.Soliyev hamda mahalla faollari Yuqori qishloq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Xusniobod aya Abduvaliyeva xonadonida bo‘lib, bemor bilan suhbatlashishdi hamda elektr yuritmali nogironlik aravachasini topshirdilar. O‘z navbatida Xusniobod aya davlatimiz tomonidan berilayotgan bunday e’tibor va g‘amho‘rlik hamda tuman tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan ajratilgan ushbu nogironlik aravachasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.