Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAHALLA YOSHLARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

×

 2023-01-05 18:16:44    169

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida mahallalarda sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu borada Toshloq tumanida ham uyushmagan yoshlar, mahallalar fuqarolari o‘rtasida muntazam sport o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
       Bugun Yoshlar ishlar agentligi tuman bo‘limi tomonidan tumandagi Teraktagi hamda Konizar MFYlar yoshlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Musobaqada mahalla yoshlaridan tashkil topgan 6 ta jamoa o‘zaro bellashdi.
      Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi. Tashkilotchilar tomonidan g‘olib jamoa hamda faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.