Nogironligi bo‘lgan fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yo‘qotganlar xolidan xabar olib, ularning dillariga shodlik ulashib yashash xalqimizga xos fazilat. Toshloq tumanida davom etayotgan ehtiyojmand oilalar va nogironligi bor shaxslar holidan xabar olish kabi ezgu ishlar ularga ozgina bo‘lsada ko‘mak va mehr ulashmoqda. Bugun tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulova tuman tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan ajratilgan nogironlik aravachasini tumandagi Do‘stlik MFYda istiqomat qilayotgan 1 - guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Nigoraxon Maribjonovaga topshirdi.