YIL SARHISOBI: “OBOD QISHLOQ” DASTURI DOIRASIDA OLIS QISHLOQLAR OBOD BO‘LDI
×
2023-01-06 17:29:17 218
PDF yuklash
Chop etish
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga joriy etilgan yangi tizim — “Obod qishloq” dasturi qishloqlarimiz, ayniqsa, olis hamda chekka hududlarda yashayotgan yurtdoshlarimiz hayotida chin ma’noda yangi sahifa ochishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 2022 yilda “Obod qishloq” dasturiga ko‘ra Toshloq tumanidagi Xonaqa hamda Naymanbo‘ston MFYlarida bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Tumanning eng olis qishlog‘larida ijtimoiy ob’yektlarni ta’mirlash, yo‘l qurilishi, elektr hamda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida Respublika va mahalliy byudjetdan 18.821 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Yil davomida rejalashtirilgan barcha qurilish-ta’mirlash ishlari tez va sifatli yakuniga yetkazildi. Xususan, “Obod qishloq” dasturiga asosan Xonaqa MFYda 7 km masofadagi ichki yo‘llarda asfalt qilingan bo‘lsa, 2 km.lik yo‘llarga syement-beton qoplamasi yotqizildi. Dastur doirasida aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berishga ham alohida e’tibor qaratildi. Qishloqda 2 dona toza ichimlik suv qudug‘i qazish, 1 dona mavjud quduqni ta’mirlash, 3 dona suv minorasini o‘rnatish hamda 18 km ichimlik suvi quvurlarini tortish ishlari olib borildi. Elektr ta’minotini yaxshilash borasida ham bir qator ishlar bajarildi. O‘tgan yilning o‘zida Xonaqa MFYga 2 dona transformator o‘rnatilib, 2,9 km tarmoq tortish ishlari yakunlandi. Bundan tashqari tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 46 dona temir-beton ustunlari o‘rnatildi. Ko‘chalarni obodonlashtirish maqsadida esa 500 metr piyodalar yo‘lagi ta’mirlandi. 85 dona yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Tumandagi Naymanbo‘ston MFYda ham “Obod qishloq” dasturi doirasida aholiga ko‘plab qulayliklar yaratish maqsadida ulkan bunyodkorlik ishlari bajarildi. Mahalla ichki yo‘llarining 8 km masofasi asfaltlashtirildi hamda 2 km.lik yo‘larga syement-beton qoplamasi yotqizildi. Ichimlik suv ta’minotini yaxshilash borasida 2 ta toza ichimlik suv qudug‘i qazish, 2 dona suv minorasi o‘rnatish hamda 15,5 km tarmoq tortish ishlari amalga oshirildi. Elektr ta’minotini yaxshilash borasida 2 dona transformator o‘rnatilib, 2,8 km tarmoq tortish ishlari yakunlandi. Bir so‘z bilan aytganda, Toshloq tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloqlarning qiyofasi tubdan yaxshilanib bormoqda. Fuqarolar uchun munosib turmush sharoiti yaratilgan mahallalar xozirda farovon va obod manzillarga aylanmoqda.