MAHALLALARDAGI YOSHLARNING BO‘SH VAQTLARI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA
×
2023-01-09 16:02:37 223
PDF yuklash
Chop etish
Yoshlar ishlar agentligi Toshloq tumani bo‘limi tomonidan mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida umumta’lim maktablarining sport zallarida tungi vaqtlarda sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Ayni kunlarda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan mahalla yoshlarini sportga qiziqtirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sharoit yaratish maqsadida 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.