Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


JURNALIST VA BLOGERLAR BILAN YUZMA-YUZ

×

 2023-01-11 19:44:44    139

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanining Zarkent qishlog‘ida joylashgan “Vodiy tuyalari” ekoturistik fermer xo‘jaligida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Toshloq tuman hokimligi hamkorligida jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi. 
   Tadbir qatnashchilariga dastlab ushbu ekoturistik markaz hamda uning tasarrufida faoliyat ko‘rsatayotgan sihatgoh haqida ma’lumot berildi. 
   Ta’kidlash joizki, fermer xo‘jaligi rahbari Odiljon Homidov 20 yildan ortiq vaqt mobaynida chorvachilik va tuyachilik tarmog‘ini rivojlantirib kelmoqda. Dastlab 1 dona tuya olib kelinib parvarish qilina boshlagan bo‘lsa, endilikda tuyalarning soni 100 tadan oshib ketdi. Tuyalarning 30 tasi sog‘in bo‘lib, ularning shifobahsh sutlari orqali jigar, buyrak, oshqozon, o‘t qopi kabi ko‘plab kasalliklar muvaffaqiyatli davolanmoqda.
     Fermer xo‘jaligi qoshidagi ekoturistik sihatgohda Farg‘ona viloyatidan tashqari mamlakatimizning ko‘plab viloyatlari, shuningdek, qo‘shni Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘istondan ham bemorlar kelib davolanib ketishmoqda. 
     Press-tur davomida fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishgan jurnalist va blogerlar bu yerda tuyalar parvarishi jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. 
       Shu kuni Toshloq tumani Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev ishtirokida matbuot anjumani ham o‘tkazildi.  Yuzma-yuz muloqotda tuman hokimi OAV vakillariga Toshloq tumanida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari xususida ma’lumot berdi. 
    Aytib o‘tilganidek, 2022 yil kuz mavsumida tuman hududiga 308 ming 805 dona mevali va manzarali daraxt, buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan edi. Hisobot davrida reja ortig‘i bilan uddalanib, 346 ming 374 dona daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, yashil maydonlar yaratildi. 2023 yilda esa tuman hududida 514,5 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtda daraxt ekish ishlari olib borilmoqda. 
   Matbuot anjumanida tuman hokimi mavzu yuzasidan jurnalist va blogerlarning qiziqtirgan savollarga javob berdi.