Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOMORQADAN DAROMAD TOPAYOTGAN TOSHLOQLIKLAR
2023-01-12 18:10:03 180
Toshloq tumani aholisi tomorqadan unumli foydalanish borasida juda katta hayotiy tajribaga ega. Xususan, tumandagi «Qanjirg‘a» MFYda 739 ta xonadon bo‘lib, oilalar tomorqalarida 400 dan ortiq issiqxonalar tashkil etilgan. Aholi tomorqalardagi issiqxonalarda asosan ko‘katchilik va turli sabzavot ko‘chatlarini yetishtirish bilan shug‘ullanishadi.
“Qanjirg‘a” mahallasida istiqomat qiluvchi Adhamjon Xoshimov ham 20 yildan beri o‘z tomorqasida ishlash orqasidan daromad topadi. Bugun uning hovlisida 4 sotixlik issiqxona mavjud bo‘lib. Ko‘pchilik dehqonlarning qo‘li bo‘shab qoladigan qish oylarida ham ular issiqxonaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari urug‘ini qadab, parvarishlash bilan band bo‘lishadi. Xozirda pomidor, bodring hamda karam ko‘chatlari parvarish qilinmoqda.
Tomorqadan yiliga uch-to‘rt marotaba hosil olamiz, - deydi A.Hoshimov.- Oilamizning yil davomida tomorqadan topadigan daromadi 70 million so‘mni tashkil etadi. Tomorqamizdan kelgan daromad orqasidan to‘ylar qildik, uylar qurdik. Xullas, ko‘rib turganingizdek, tomorqa xazina manbai.