Yoshlar agentligi Toshloq tuman bo‘limi hamda tuman bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida 4-sektor hududida ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu mehnat yarmarkasiga yoshlar yetakchilari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ishsiz yoshlar jalb qilindi. Mazkur yarmarkada tumandagi 11 ta tashkilotlar, ish beruvchi korxonalar vakillari o‘zlarining mavjud 167 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Yarmarkada vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan fuqarolardan 184 nafari qatnashdi shundan 162 nafari yoshlarni tashkil etdi. Shu kunning o‘zida vaqtinchalik ish bilan band bo‘lmagan fuqarolardan 12 nafariga tumandagi korxona tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi. 3 nafar yoshlarga ishsizlik maqomi berishga taklif berildi. 1 nafari Toshloq texnik xizmat ko‘rsatish texnikumiga, 10 nafar yoshlar 2-son KXMga o‘qishga yuborildi. 161 nafari ish o‘rinlari bilan tanishib kerakli maslahatlar oldilar.