Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI HOKIMI ABDUQAHHOR DJURABAYeVNING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATNOMASI

×

 2023-01-17 08:26:02    118

PDF yuklash
Chop etish


       Hurmatli toshloqliklar ma’lumki, mamlakatimizda havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan kommunal sohalarda nosozliklar kelib chiqmoqda. Ayniqsa, xozirgi kunda elektr va gaz ta’minotiga bo‘lgan talab ortib borayotganligi ayni haqiqatdir. Toshloq tumanida aholini anomal sovuq kunlaridan talofatsiz olib chiqish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Xususan, tunu kun 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatadigan shtab tashkil etilib, shtabda elektr, gaz, suv ta’minotida hamda ijtimoiy soha ob’yektlarida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun soha mutaxassislari jalb etilgan. Shtab a’zolari tomonidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlar tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. 

    Anomal sovuq harorat davom etayotganligi sababli quvurlarda gaz bosimi keskin pasayishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob’yektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Shu maqsadda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari 2 kunlik muddatga vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz. Imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanishingizni so‘raymiz. Shuningdek, avtomobillarga yoqilg‘i quyish talabini to‘liq qondirish maqsadida Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi va ularni narxini sun’iy oshib ketishini oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.  

        Qadrli toshloqliklar!      

      Respublikamizda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti, anomal sovuq havo harorati qalbi qaynoq toshloqliklarni qo‘rqita olmaydi. Ammo hozir, shu lahzada, bir musht bo‘lib, jamiyat bo‘lib qish sovug‘idan o‘tib olmasak bo‘lmaydi.  Bu bizning qo‘limizdan keladi. Barchamiz uchun sinov bo‘lgan shu kunlarda tabiiy gaz, o‘tin-ko‘mirdan foydalanganda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni, is gazidan ehtiyot bo‘lishingizni, zarurat bo‘lmaganda uyda qolishingizni hamda xonadoningizda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanishingizni so‘raymiz.    

     Hurmatli vatandoshlar!   

    Agar siz avtobenzin mahsulotlarining sotilishida qandaydir cheklovlar joriy etilgani, narxning asossiz oshirilgani yoki bu mahsulotlarning noqonuniy savdosiga duch kelsangiz, zudlik bilan tuman hokimligida tashkillangan markaziy shtabga (73) 238-11-00 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin. Murojaatingiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va tegishli tartibda bartaraf etilishini kafolatlayman.