Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YeRGA HIYONAT – ELGA HIYONAT!

×

 2023-01-17 09:06:35    200

PDF yuklash
Chop etish


    Yer va undan foydalanish sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, yer uchastkalarini noqonuniy egallab olganlik, yerdan noqonuniy va xo‘jasizlarcha foydalanganlik uchun javobgarlik choralari joriy etilgan, mavjudlari esa kuchaytirilgan. Bu esa yerdan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, yerga bo‘lgan munosabatni yaxshilashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarning qonuniy asoslaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasiga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, mansabdor shaxslarga esa 50 baravarida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari, mansabdor shaxslarga esa 300 baavarida jarima solishga sabab bo‘lishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilgan.Kodeks 60/1-moddasi bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik chorasini ko‘rmaganlik, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olingani fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etmaganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarida, mansabdor shaxslarga esa 50 baravarida jarima belgilangan. Yer bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi. Bundan ko‘zlangan maqsad, yer, ayniqsa sug‘oriladigan yerdan oqilona foydalanish, yerning melorativ xolati va unumdorligini saqlab qolishdir. Ogoh bo‘ling, yerdan foydalanish qoidalarini buzib oilangizni mulkiy ahvoliga zarar yetkazmang.

  Avazbek Raximov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi