Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HAR BIR MUROJAAT-E’TIBORDA

×

 2023-01-17 16:42:25    194

PDF yuklash
Chop etish


    So‘nggi yillarda mamlakatimizda murojaatlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Muammolarga joyida yechim topilmoqda, aholini qiynayotgan, o‘ylantirayotgan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda. Maqsad odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish, aholining davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularni hayotdan rozi qilishdan iboratdir.
     Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. 
     Unda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 3 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsuloti ajratildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 15 tasi nazoratga olindi. 2 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.