Anomal sovuq kunlarda aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand qatlamiga yordam ko‘rsatish har qachongidan ham muhim. Toshloq tumanida aholiga yaqindan yordam ko‘rsatish hamda ehtiyojmand oilalarning xolidan xabar olish kabi ezgu ishlar davom etmoqda. Bugun ham tuman hokimligi tomonidan osh tayyorlanib, ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga tarqatildi. Yakka-yolg‘izlar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan hamda bemor fuqarolarning holidan xabar olindi.