GUZARBOSHI MAHALLASIDAGI 600 TA XONADONGA ICHIMLIK SUVI TARMOGʻI TORTILMOQDA
×
2023-01-19 08:59:14 221
PDF yuklash
Chop etish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli Qaroriga muvofiq, Guzarboshi MFYdagi 600 ta xonadonlarga toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari bajarilmoqda. Hududda umumiy qiymati 2 milliard 800 million so‘mlik ta’mirlash ishlari olib boriladi. Guzarboshi MFYliklarni aynan suvsizlik muammosi qiynab kelardi. Endilikda 10 km.lik suv tarmog‘ini qurish orqali mahalladagi asosiy muammo yechim topadi.