MAHALLALARDA 300 TONNA KO‘MIR MAHSULOTI ARZON NARXLARDA TARQATILDI
×
2023-01-19 17:30:29 230
PDF yuklash
Chop etish
Bugun Toshloq tumanida 30 ga yaqin MFYlarga ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi. Aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida har bir mahallaga yetkazib berilgan ko‘mir yoqilg‘isi arzon narxda tarqatildi. Tumanning eng olis va chekka qishloqlariga ham yetkazib berilgan ko‘mir mahsulotlarining sifati va narxi fuqarolarga manzur bo‘lmoqda. Shu kungacha qishlog‘imiz aholisi uchun jami 416 tonna ko‘mir mahsulotlari arzon narxlarda tarqatildi. Rejada 355 tonna belgilangan bo‘lib, hozirda 117 foizga bajarildi,- deydi Xonariq MFY raisi Ro‘ziboy Mirzayev.- Bundan tashqari homiylar hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan ehtiyojmand oilalarga ko‘mir mahsulotlari bepul yetkazib berildi. Qish mavsumidan aholini qiyinchiliklarsiz olib chiqish uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.