Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Yanvar 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


EHTIYOJMAND OILALARGA 300 KG.DAN BEPUL KO‘MIR TARQATILDI

×

 2023-01-22 11:58:03    18

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda yurtimizda anomal sovuq sharoitida Toshloq tumanida aholiga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish borasida zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kam ta’minlangan, moddiy yordamga muhtoj, maxsus ijtimoiy daftarlarga kiritilgan, nogironligi va betob farzandlari bor ehtiyojmand oilalarga bepul ko‘mir mahsulotlari yetkazib berilmoqda.   
     Bugun mahalla kesimida ko‘mir olishga ehtiyoji bor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj 126 ta oilaga tuman "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan bepul ko‘mir mahsuloti tarqatildi.
     Qayd etish joizki, ko‘rsatilayotgan beminnat yordamdan aholi o‘z xonadonini isitishi, qishni betalofat o‘tkazib olishi uchun yetarli ko‘mir bilan ta’minlanganligidan xursandchiligini bildirdilar.