Toshloq tumanidagi Tog‘liq MFYda yoshlar yetakchisi A.Muhammadov, xotin-qizlar faoli M.Isaqova hamda hudud inspektori F.Qurbonovlar tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlardan asrab, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otish maqsadida "Sen kitobga bormasang kitob senga keladi" shiori ostida ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Ko‘chma kutubxona orqali maktablar, mahalla ko‘chalari hamda xonadonlarda asosan yoshlarga kitoblar taqdimoti o‘tkazilib, ularga o‘qish uchun berilmoqda.