Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MUROJAAT O‘Z VAQTIDA HAL ETILDI

×

 2023-01-26 12:14:32    285

PDF yuklash
Chop etish


    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson xuquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakiliga fuqaro K. M.ning yozgan murojaati o‘rganib chiqilgan.Fuqaro K.M. shikoyatida 17 aprel 1995 yildan 8 may 2017 yilgacha Farg‘ona neftni qayta ishlash korxonasida 1-syex operatori lavozimida ishlaganligi, ushbu ishlagan davri imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini berishini,  ammo pensiya tayinlanishida faqatgina 22.11.2002 yildan 8 may 2017 yilgacha ishlagan davri uchun imtiyozli shartlarda pensiya tayinlangani,  17.04.1995 yildan to 22.11.2002 yil kuniga qadar ishlagan davri uchun  attestasiyadan o‘tkazilmaganligi vaj qilinib,  imtiyozli shartlarda tayinlash o‘rniga, umumiy asoslarda pensiya tayinlangani, shu sababli zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilab berishda yordam so‘ragan.      

    Ombudsmanning mintaqaviy vakili taqdimnomasiga asosan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan fuqaroni manfaatini ko‘zlab sudga zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilash haqida ariza kiritilgan. Ushbu ariza fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida ko‘rib chiqilib, ariza to‘liq qanoatlantirilgan.

    Natijada fuqaro K.M.ning qonunda belgilangan huquqlaridan foydalanishi uchun imkoniyat yaratilgan. Murojaatchining muammosi o‘z vaqtida xal etildi.