Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Murojaatlar asosan, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi. Ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi. Qabul davomida 30 nafarga yaqin fuqarolarning turli masalalarga doir murojaatlari eshitilib, ulardan aksariyatini joyida hal etish choralari ko‘rildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.