"XO‘JA ARIQ" MAHALLASIGA DAVLAT DASTURI ASOSIDA YANGI TRANSFORMATOR O‘RNATILDI
×
2023-01-31 15:40:07 301
PDF yuklash
Chop etish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Toshloq tumanining "Xo‘ja ariq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududining elektr ta’minoti yaxshilanmoqda. Hududga 80 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlari olib kelib o‘rnatildi. 3 km uzunlikda yangi elektr uzatish tarmog‘i qurib bitkazildi. Loyiha asosida hududdagi 559-sonli transformator punktiga qo‘shimcha quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatildi. Mutaxassislar tomonidan ayni vaqtda yangi transformator punktini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.